Hokim o‘rinbosarlari maktab ta’miri bilan tanishdilar
🗣 Bugun Yakkasaroy tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Nurbek Shamsiyev, yoshlar va ijtimoiy sohalar bo‘yicha hokim o‘rinbosari Otabek Rixsiboyev va boshqa mas’ullar tumandagi ijtimoiy obyektlarda “Ochiq budjet” portali orqali olib borilayotgan taʻmirlash va qurilish ishlarning jarayoni bilan tanishish maqsadida joylarda oʻrganish olib bordi.
💠Hokim o‘rinbosarlarining ikkinchi manzili tumandagi 144-maktab bo‘ldi. O‘rganish davomida 1 163 232 so‘m ajratilgan bo‘lib, “Ko‘xna makon” MCHJ tomonidan sinf xonalari, maktab hollining taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
💠Hokim o‘rinbosarlari quruvchiga olib borilayotgan ishlar belgillangan muddadan oʻtib ketmasligi, ishlarni tezkorlik va sifatli boʻlishiga alohida eʼtibor berilishi boʻyicha topshiriqlar berib oʻtdilar.