Tadbirkorlar murojaati yuzasidan qabul bo‘lib o‘tdi🔼Bugun Yakkasaroy tuman hokimligida tuman hokimining o‘rinbosari, investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i Behruz Mustafoyevning qabuli bo‘lib o‘tdi.✨ Unda tuman hududidagi sarmoyadorlar va tadbirkorlar o‘z muammo va takliflari bilan ishtirok etdilar.
📱 Qabul davomida tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni tezkorlik bilan hal etish hamda yangi investitsion loyihalarni amalga oshirishga doir masalalar muhokama qilindi. Ularning muammolariga yechim topish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi va kelgusi rejalar belgilab olindi.
✅ Bu kabi uchrashuvlar tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘rnatish, ularning faoliyatiga ko‘mak berish hamda tumandagi ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
✍️Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati