🟡 Yil sarhisobi (2024)
“Hechdan ko‘ra kech” deganlaridek, o‘tgan yil sarhisobini qilib qo‘ysak. 2024 yilda (o‘zim va kichik jamoam) erishganlarimiz men o‘ylaganchalik katta bo‘lmadi, ammo yutuqlarni umuman yo‘q ham deb bo‘lmaydi. Ba’zilarini sanab o‘tsak:
▪️ «To‘g‘ri kopirayting» mualliflik kursim o‘quvchilari soni 400 ga yetdi.
▪️ Saber Publisher tahririyati bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydim.
▪️ 4 ta agentlik bilan hamkorlikni davom ettirdim, bular: Minim Design, McCann Tashkent, Wunder Digital (Samsung), Web Promotion.
▪️ Oyina platformasi uchun
intervyu berdim.
▪️ O‘zim istagan BYD E2 elektromobilini oldim.
▪️ Ekran diagonali naq 12.4 dyuym bo‘lgan kuchli planshet oldim.
▪️ Yoshlar ishlari agentligining
1000kitob loyihasi doirasida Styuart Rasselning “Insonga mos sun’iy intellekt” kitobiga muharrirlik/musahhihlik qildim.
▪️ Otabek Mahkamovning “Yuksaklik sari tasodif bo‘lmagan 100 ta uchrashuv” nomli kitobi qayta nashr etildi, u uchun qayta tahrir/tashih qilindi.
▪️ @xatolik_bot konvertatsiya botimizni takomillashtirish ustida ishladik, tez orada yangi talqinda ishga tushadi.
▪️ Gʻiyosiddin Yusuf va Nadiya Ramazon muallifligidagi “Solihalar gulshani” kitobiga musahhih bo‘lish nasib etdi.
▪️ oncogid.uz saytini o‘zbek tiliga o‘girdik.
▪️ Yana tibbiyot, tadbirkorlik, qurilish, marketing, publisistika va boshqa yo‘nalishlaridagi bir qancha loyihalar uchun kopirayting, tarjima, tahrir va tashih xizmatlarini ko‘rsatdik.
2024 yilda siz qanday yutuqlarga erishdingiz?