AQShning raqobatbardoshligini mustahkamlash strategiyasi: Pekinni jilovlash – 2 qism
II. Ayni vaqtda, tahlilchilarga ko‘ra, AQSh va Xitoy raqobati quyidagicha namoyon bo‘ladi.
1. Xitoy taktik toqatni davom ettiradi. Siyosiy ichki barqarorlikni mustahkamlashga e’tibor qaratgan holda, Si Szinpin katta ehtimol bilan yaqin yillarda ehtiyotkor yondashuvni saqlab qoladi. Ammo Pekinning sabri cheksiz emas, va u AQSh siyosatini muzokaralarga emas, balki to‘liq “ajralish”ga qaratilgan deb hisoblasa, yanada tajovuzkor strategiyaga o‘tishi mumkin.
2. Hind-Tinch okeani mintaqasi asosiy maydon bo‘lib qoladi. Katta ehtimol bilan Xitoy Tramp ma’muriyatining Tayvan va Filippin kabi mintaqadagi ittifoqchilariga bo‘lgan sadoqatini sinab ko‘radi. AQSh o‘z obro‘sini va hamkorlarning ishonchini mustahkamlash uchun qat’iyat bilan javob qaytarishi uning pozitsiyasini belgilaydi.
3. Pekin AQSh zaifliklaridan foydalanadi. AQShda bo‘linish yoki ichki muammolar belgilari Xitoyning Rossiya, Eron va Shimoliy Koreya bilan aloqalarni chuqurlashtirish ambitsiyalarini kuchaytiradi. Biroq, Xitoyning ushbu davlatlar bilan yaqinlashishdan xavotirlar AQSh tomonidan diplomatik maydonda Pekinni izolyatsiya qilish uchun ishlatilishi mumkin.
4. Iqtisodiy qiyinchiliklar Xitoyning ambitsiyalarini cheklaydi. Xitoy iqtisodiyotining sekinlashishiga qaramay, u hali ham kuchli raqobatchi bo‘lib qoladi. Pekin “Bir makon – bir yo‘l” tashabbusi va Global Janub davlatlari bilan hamkorlik orqali Vashington ta’siriga qarshi kurashadi. Ammo Xitoy investitsiyalarining jozibadorligi pasayishi AQShga rivojlanayotgan davlatlarda o‘z pozitsiyalarini mustahkamlash imkonini beradi.
III. Bu fonda AQSh tashqi siyosatida bir qator tendensiyalar kuzatilishi taxmin qilinmoqda.
Bir tomondan, AQSh Global Janub davlatlari bilan hamkorlikni kengaytirishga harakat qiladi. Xususan, AQSh Hindiston, Vetnam kabi davlatlar bilan hamkorlikni kuchaytiradi, bu Xitoy ta’siriga qarshi muvozanatni yaratishga yordam beradi. Ushbu munosabatlar iqtisod va mudofaa sohasida yangi tashabbuslar orqali rivojlantiriladi.
Boshqa tomondan, Xitoy bilan hamkorlik maksimal darajada minimallashtirilishi mumkin.
Bu borada yangi ma’muriyat Xitoy bilan Ukraina urushi yoki Yaqin Sharqdagi mojarolar kabi masalalarda aloqalarni cheklashi mumkin. Chunki bu jabhalarda Pekindan yordam so‘rash xitoyliklarning ta’sirini oshishiga olib kelishi mumkin. Buning o‘rniga AQSh Xitoyga uning Rossiya, Eron kabi davlatlar bilan ortiqcha yaqinlashuvning salbiy oqibatlarini ko‘rsatishga e’tibor qaratadi.
Xulosa qilib aytganda, AQShning yaqin yillardagi Xitoyga nisbatan strategiyasi ittifoqlarni kuchaytirish, muhim sohalarni modernizatsiya qilish va Pekinning ta’sirini cheklashga qaratiladi. Ushbu chora-tadbirlar AQShga uzoq muddatli istiqbolda ustunligini saqlashga imkon beradi.
G’arbiy alyans