#imtihon_2024 #Prezident_maktablari_tajribasi#Kembrij_oŹ»quv_dasturi ā”ļøQoraqalpogāiston Respublikasi Nukus shahridagi 46-sonli umumiy oārta taālim maktabida Prezident maktablari tajribasi asosida tashkil etilgan oāzbek va qoraqalpoq tilidagi 5-sinflarga kirish imtihonlari oātkazildi.
Kirish imtihonlari bugun, 14-noyabr kuni Nukus shahridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi binosida boālib oātdi. Imtihon jarayonlari Ixtisoslashtirilgan taālim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilib, bir bosqichda, matematika va ingliz tili fanlaridan 30 tadan jami 60 ta topshiriqlarni bajarish uchun 120 daqiqa
vaqt berildi. Qabul jarayonida jami 315 nafar oāquvchi hujjat topshirgan boālib, ulardan 96 nafari oāzbek sinfiga, 219 nafari qoraqalpoq sinfiga toāgāri keldi. Kirish imtihonidan muvaffaqiyatli oātgan 20 nafar oāquvchi oāzbek sinfiga, yana 20 nafar oāquvchi esa qoraqalpoq sinfiga qabul qilinadi.
Maālumot oārnida, tashkil etilayotgan ushbu sinflarda Kembrij dasturi asosida oāqitish tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Mazkur sinflarga muntazam ravishda Nukus shahridagi Prezident maktabining xorijiy va mahalliy oŹ»qituvchilari tomonidan metodik yordam koŹ»rsatib boriladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube