⚡️⚡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklarni taqdim etadi!
✅ Bugungi kun yoshlari bilimni nafaqat kitoblar orqali, balki turli mediavositalar orqali qabul qilishga o‘rganishgan. Shuni hisobga olgan holda, vazirlik tomonidan turkum videodarslar tayyorlanmoqda.
Umumta’lim maktablari o‘quvchilariga O‘zbekiston tarixi fanini yanada chuqurroq o‘rgatish, ajdodlarimiz merosini kengroq tushuntirish maqsadida ular uchun 2D formatdagi animatsion roliklar tayyorlandi.
❗️Ushbu maxsus tayyorlangan roliklarda O‘zbekiston tarixining eng qadimgi davridan hozirgi kungacha bo‘lgan voqealar qamrab olinadi.
E’tiboringizga havola etilayotgan ilk videorolik "O‘zbekiston hududidagi eng qadimgi davlatlar" mavzusiga bag‘ishlangan.
➖ Davomi bor...
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram|Youtube|Facebook|Instagram