Tasviriy sanʼat fanidan oʻquv dasturi muhokama qilindi
✅ Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida Respublika taʼlim markazining “Tasviriy sanʼat va chizmachilik” fanlari boʻyicha Ilmiy metodik kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
➖ Unda vazirlik masʼullari, Tasviriy sanʼat fani mutaxassislari, olimlar, amaliyotchi oʻqituvchilar, Respublika taʼlim markazi metodisti ishtirok etishdi.
❗️Bugungi Ilmiy kengashda umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 5-sinf Tasviriy sanʼat fani oʻquv dasturi muhokama qilindi.
Jumladan:
➖ Dasturga kiritilgan yangi “Mening yurtim” mavzusi orqali vatanparvarlik,
➖Sketchbook dasturida ishlash mavzusida AKT savodxonligi,
➖O‘zbekiston tasviriy va amaliy bezak san’ati,
➖O‘zbekiston va jahon tasviriy san’ati namoyondalari,
➖Sharq miniatyura san’ati,
➖Grizayl, Badiiy shrift, Me’morchilik kabi mavzular o‘quvchilarni har jihatdan tasviriy va ma’naviy bilimdon, barkamol bo‘lib yetishishlarida muhim o‘ringa egaligini ta’kidlandi.
Shuningdek, STEAM yondashuvi asosida mavzular ham takomillashtirildi.
⚡️Kengash davomida mutaxassislar tomonidan oʻquv dasturda Tasviriy sanʼat fanini oʻqitishda oʻquvchilarda XXI asr koʻnikmalarini rivojlantirish zarurligi haqida mulohazalar oʻrtaga tashlandi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram