Смотреть в Telegram
Tasviriy sanʼat fanidan oʻquv dasturi muhokama qilindi Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida Respublika taʼlim markazining “Tasviriy sanʼat va chizmachilik” fanlari boʻyicha Ilmiy metodik kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda vazirlik masʼullari, Tasviriy sanʼat fani mutaxassislari, olimlar, amaliyotchi oʻqituvchilar, Respublika taʼlim markazi metodisti ishtirok etishdi. ❗️Bugungi Ilmiy kengashda umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 5-sinf Tasviriy sanʼat fani oʻquv dasturi muhokama qilindi. Jumladan: Dasturga kiritilgan yangi “Mening yurtim” mavzusi orqali vatanparvarlik, Sketchbook dasturida ishlash mavzusida AKT savodxonligi, O‘zbekiston tasviriy va amaliy bezak san’ati, O‘zbekiston va jahon tasviriy san’ati namoyondalari, Sharq miniatyura san’ati, Grizayl, Badiiy shrift, Me’morchilik kabi mavzular o‘quvchilarni har jihatdan tasviriy va ma’naviy bilimdon, barkamol bo‘lib yetishishlarida muhim o‘ringa egaligini ta’kidlandi. Shuningdek, STEAM yondashuvi asosida mavzular ham takomillashtirildi. ⚡️Kengash davomida mutaxassislar tomonidan oʻquv dasturda Tasviriy sanʼat fanini oʻqitishda oʻquvchilarda XXI asr koʻnikmalarini rivojlantirish zarurligi haqida mulohazalar oʻrtaga tashlandi.   Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Telegram Center
Telegram Center
Канал