PREZIDENT QARORI IJROSI AMALDA
📢📢 Ayni vaqtda Buxoro viloyati Romiton tumanida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tmoqda.
👫 Seminarda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Bobir Xamrayev, viloyat va tuman xokimligi vakillari, dehqon hamda fermer xo'jaligi rahbarlari, shuningdek, O‘simliklar karantini va himoyasi viloyat boshqarmasi hududiy bo‘limlari inspektorlari ishtirok etmoqda.
💬 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi “Qishloq xo‘jaligi maydonlaridagi qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni ko‘paytirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-465-son qarorining mazmun-mohiyati tushuntirilib, mahsulot yetishtirishdan tortib eksportga yo’lantirishgacha tegishli tavsiyalar berilmoqda.
📄 Xususan, qarorga ko‘ra viloyat hududida dala chetlari, kanallarining atroflaridagi maydonlarda, aholi tomorqasi, xonadonlar va ko‘p qavatli uylar oldi hamda mahallaning ichki ko‘chalaridagi yer maydonlariga mevali daraxtlar olcha, olxo‘ri, behi, chilon jiyda kabi mevali ko‘chatlarni qay tartibda ekish va parvarishlash bo'yicha ko'rsatmalar berilmoqda.
🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter