View in Telegram
“O‘z uyim” kompaniyasi tashkil qilinadi Yangi massivlar uchun yerlar kamida 70 ming odam yashaydigan tuman markazi yoki shahar hududiga 1-2 kilometr masofadagi joydan ajratiladi. Bu massivlarning har birida 100 ming kvadrat metr xonadon quriladi. Joriy yil “Yangi O‘zbekiston” massivlari infratuzilmasi uchun 1,2 trillion so‘m beriladi. Hozir “Yangi O‘zbekiston” massivi uchun mas’ul yagona tashkilot bo‘lmagani uchun, yer qayerdan ajratiladi, infratuzilma qanday bo‘ladi, qayerga daraxt ekiladi, sug‘orish va drenaj tizimi qanaqa o‘tkaziladi, degan savollarga javob yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi. Shu bois, bu ishlarni tashkillashtirish uchun “O‘z uyim” kompaniyasi tashkil qilinadi. Ushbu kompaniya “Yangi O‘zbekiston” massivlariga yer tanlash, loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilishga mas’ul bo‘ladi. Mutasaddilarga xalqaro ekspertlarni jalb qilib, kelgusi besh yil uchun uy-joy siyosati strategiyasini ishlab chiqish topshirildi. Kanalga ulanish: @uzauz
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily