⚡Qishloq xo‘jaligi vazirligi: zaxiraga jamg‘arilgan kartoshkalar ichki bozorlarga chiqarilmoqda
Qishloq xo‘jaligi vazirligining O‘zAga bergan ma'lumotiga ko‘ra, mamlakatimiz aholisining kartoshkaga bo‘lgan yillik talabi
4 million tonnani tashkil etadi. O‘tgan 2024-yilda yurtimizda jami 3,7 million tonna, shundan asosiy maydonda 2,7 million tonna va takroriy ekin sifatida 1 million tonna kartoshka yetishtirilgan.
Mazkur hosilning 600 ming tonnasi keyingi mavsumda ekish uchun urug‘lik sifatida zaxira qilingan va tabiiy yo‘qotish 100 ming tonna (3%) atrofida belgilangan.
2024-2025-yil qish va bahor mavsumi uchun mahalliy hokimliklar tomonidan jalb qilingan tayyorlov korxonalari tomonidan
245,5 ming tonna kartoshka zaxiraga jamg‘arilgan va
fsp.agro.uz onlayn platformasi orqali subyektlar kesimida monitoring yo‘lga qo‘yilgan.
Joriy yil 20-yanvar holatiga mahalliy hokimliklar tomonidan jalb qilingan tayyorlov korxonalari tomonidan jami
6,3 ming tonna kartoshka ichki bozorlarga savdoga chiqarilgan, zaxira qoldig‘i 239,2 ming tonnani tashkil qiladi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz