⚡1-fevralga qadar tuman banklari filiallarida mahallabay ishlash bo‘limlari tashkil etiladi
2025-yil 1-fevralga qadar tuman banklari filiallarida mahallabay ishlash bo‘limlari tashkil etilib, ularga “mahalla bankirlari” tayinlanadi. Shuningdek, har bir mahallada ular bilan birga ishlaydigan “yordamchi-agentlar” tanlab olinadi.
Hududiy banklar hamda tuman hokimlari aholini tayyor biznes loyihalari bilan tanishtirib boradi, ularni amalga oshirish ko‘nikmalari o‘rgatiladi.
“online-mahalla.uz”, “bank-kredit.uz” va “soliq.uz” axborot tizimlari integratsiya qilinib, mas’ullarga yuklatilgan vazifalar ijrosi kunlik tahlil qilib boriladi. Faoliyati qoniqarsiz bo‘lgan rahbarlarga chora ko‘riladi.
Kanalga ulanish:🏫@uzauz