⚡Yangi yilning ilk kunida 1040 nafar chaqaloq dunyoga keldi
2025-yil 1-yanvar soat 17:00 holatiga ko‘ra,
mamlakatimizda jami 1040 nafar chaqaloq dunyoga keldi.
Ularning
492 nafari o‘g‘il, 548 nafari qiz farzandlardir. Eng ko‘p tug‘ilish Farg‘ona viloyatida
(154 nafar) qayd etildi. Shuningdek, hududlar kesimida keyingi o‘rinlarni Qashqadaryo viloyati
(119 nafar), Toshkent shahri
(112 nafar), Samarqand viloyati
(101 nafar), Surxondaryo viloyati
(89 nafar) band etdi.
Eng kam tug‘ilish esa Navoiy viloyati (18 nafar) hissasiga to‘g‘ri keldi.
E’tiborlisi, tug‘ilganlar orasida
7 egizak (jami 15 nafar bola) bor, ya’ni 12 nafari ikki homilalik, 3 nafari esa uch homilalik egizakdir.
Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz