#ajabtovur
Mabodoyi Karim falakning gardishi gir aylanib kamina qaysidir oliygohda dars berishni boshlasa, oʻquv yili yoki semestr boshida talabalarga shunday savol bilan yuzlanaman:
Tanlang, oldingizda ikkita yoʻl bor:
1) kirayotgan fanimdan imkon qadar sifatli dars berishim, yangi bilimlarni ulashishim, sizlarni harakatga chorlashim hamda ichingizdan hech qursa bitta zoʻr tarjimon/muharrir va hkz chiqarishim mumkin;
2) yoʻq, bizga unaqa ilmlaringiz kerakmas desalaring, naq ikki semestrga yetadigan hayotiy hikoyalarimni aytib, ajoyib-u gʻaroyib voqealarni soʻzlab, ichingizdan kamida bitta yozuvchi chiqarishim mumkin...
Menimcha, ikkinchisini koʻproq tanlashadi :)
P.S: suratdagi kimning boshi ekanini kim topoladi?
@usmonosphere