View in Telegram
Bayramda sinfdoshim Turkiyada chiqqan kitobini sovgʻa qilgandi. Kecha yoʻlda varaqlab chiqdim. Maktab yillari sheʼr yozishga urinmagan odam boʻlmasa kerak-a? Esimda, sinfdoshlarimiz orasida sheʼr mashq qiladiganlar anchagina edi. Men ham oʻsha yillari sheʼrlarimni turli tahririyatlarga yuborganman, uyoq-buyoqda bosilgan. 6-sinfda birinchi sheʼrim gazetada chiqqach maktabda yulduz boʻpketuvdim. Menga havas qilibmi, bir gal Shohjahon sinfdoshim ham sheʼr yozgan, birga “Gulxan” jurnaliga yuborganmiz. Katta adiblar biografiyasida aytilganidek, unga javob maktubi ham kelgan. Menga esa shuyam kelmagan. Sheʼr saviyasi boshqa gap. Ammo sinfdoshimning kitobini varaqlab oʻsha yillar, oʻsha voqealar esimga keldi. Kitob yuzasidan ayovsiz tanqidlar koʻp. Uni sinfdoshimning oʻziga yozaman. Ammo harakati, tirishqoqligi uchun 5/5! @usmonosphere (1/2025)
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily