View in Telegram
Afsus... Yangi yilni bunaqa xunuk xabar bilan boshlayman deb oʻylamagandim. Endigina eyforiyaga berilib, keyingi yil uchun olamshumul maqsadlar qoʻyganingda va ularning barchasi oʻz yurtingga bogʻliq boʻlganida bundoq mudhish xabar... Toʻgʻri, har kuni kimdir 15 sutkaga qamaladi. Lekin ichidagi isyonini, dard-u alamini, noroziligini 30-40 yil deganda bir tilga chiqargan odamni ruhan va jismonan ezish nimasi? Xudo biladi bu odam 15 kun ichida nimalarni boshdan kechirarkin. Poyabzali yirtiq kammi, ichi toʻlgan kammi. Ming-minglar ichra bittasi bosh koʻtardi xolos. Shuni ham boshiga qars etib solishdi. Fargʻonada odamlar joyida kuyib kul boʻlgandi. Uning sababchisiga hatto koyish ham tegmagandir. Kechiringlar, dilingizni xira qilmoqchi emasdim. Bayram tilagimni oʻzgartiraman: imkon va kuch topsangiz, bu yerdan keting. Vatanni uzoqdan ham sevish mumkin. @usmonosphere
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily