View in Telegram
*-*_*-* Ketaman - baridan, Hatto sizdan ham. Ko‘nglimda ne bo‘lsa solib tugunga, Omonat dunyoga sotib ketaman. So‘ngra sukutimda solaman faryod... sizsiz baxtlarga fotixa olib, Sizli qalbimni ko‘mib ketaman. Sezdirmay o‘taman, Sevgim, Rashkim, Ohim, Sog‘inchim, Kuzdekkina to‘kilgan sevinchlarim-u Ko‘rmoq talab istaklarimni. Quyosh ham yorishar tobora mendan, Menchi quyoshdanda yonaveraman. Siz nafrat ekasiz tabassumimdan, "Bevafo yor" deya armon yaralar. Ko‘ksimdan unadi men chekkan alam, Mevasin har lahza tatiyveraman. Hech kimga so‘z demay yashaganda ham, Kunlarim siz uchun atayveraman. Ketaman - baridan, ketmoq ne axir arzanda ko'nglimni xohishi qiziq. voh, bu dunyoning qizlari kammi?! qalbingiz zabt etar boshqa nozanin bilaman bittaga kamayganda ham| o'z o'qida qolar yer-u osmoni. ketaman! Sizdan, Orzudan, Bergan so‘zimdan Hatto o‘zimdan. So‘nggida qoladi birgina ishqim. Uni yolg‘izlatib uzoooq ketaman. Ketaman baridan... ✍🏻 Shahina Usmonova @us_ijodkor_qiz bilan birga!
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily