*-*_*-*
Ketaman - baridan,
Hatto sizdan ham.
Ko‘nglimda ne bo‘lsa
solib tugunga,
Omonat dunyoga sotib ketaman.
So‘ngra sukutimda solaman faryod...
sizsiz baxtlarga fotixa olib,
Sizli qalbimni ko‘mib ketaman.
Sezdirmay o‘taman,
Sevgim,
Rashkim,
Ohim,
Sog‘inchim,
Kuzdekkina to‘kilgan
sevinchlarim-u
Ko‘rmoq talab
istaklarimni.
Quyosh ham yorishar tobora mendan,
Menchi quyoshdanda yonaveraman.
Siz nafrat ekasiz tabassumimdan,
"Bevafo yor" deya armon yaralar.
Ko‘ksimdan unadi
men chekkan alam,
Mevasin har lahza tatiyveraman.
Hech kimga so‘z demay yashaganda ham,
Kunlarim siz uchun atayveraman.
Ketaman - baridan, ketmoq ne axir
arzanda ko'nglimni xohishi qiziq.
voh, bu dunyoning qizlari kammi?!
qalbingiz zabt etar boshqa nozanin
bilaman bittaga kamayganda ham|
o'z o'qida qolar yer-u osmoni.
ketaman!
Sizdan,
Orzudan,
Bergan so‘zimdan
Hatto o‘zimdan.
So‘nggida qoladi birgina ishqim.
Uni yolg‘izlatib uzoooq ketaman.
Ketaman baridan...✍🏻 Shahina Usmonova
@us_ijodkor_qiz bilan birga!