✔️ O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik
❄️ «Freeze» xizmati endi 2025 yildan pullik asosida ishlaydimi?
❔
Javob: “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi tomonidan ishga tushirilgan
«Freeze» xizmati 2025 yilning 1 - yanvar sanasidan boshlab pullik asosda bazaviy hisoblash miqdorining
(BHM) 0,03 barobari
(12 600 so‘m) miqdorida
(QQSni hisobga olmagan holda) amalga oshiriladi.
🔘Siz 1 yanvargacha ushbu xizmatni faollashtirgan bo‘lsangiz, hech qanday haq to‘lamaysiz. Biroq «Freeze» xizmatini o‘chirib qayta faollashtirish jarayonida to‘lovni (faqatgina faollashtirish uchun bir martalik to‘lov) amalga oshirasiz.
🔖 Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning 20 iyun sanasidan «Freeze» xizmati test rejimida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bepul foydalanish imkoniyati yaratilgan edi. Xizmatni ishga tushirish orqali kredit axboroti subyektlari
(jismoniy va yuridik shaxslar) o‘zlariga tegishli bo‘lgan kredit tarixi ma’lumotlarini kredit axboroti foydalanuvchilari
(kredit tashkilotlari) tomonidan yangi kredit buyurtmalari bo‘yicha "КАТМ" Kredit byurosidan olinishini cheklab
(taqiqlab) qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Sayt |
Telegram |
Facebook |
Instagram |
X