View in Telegram
Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi va tadbirkorlar bilan muloqot boshlandi.  So‘nggi yillarda iqtisodiyotimizda pul ko‘paygani, investitsiya loyihalarini barqaror moliyalashtirishning mustahkam asosi yaratilgani taʼkidlandi. Jumladan, korxonalarning banklardagi mablag‘lari 20 trillion so‘mga oshib, 107 trillion so‘mga yetdi. Aholi omonatlari ham 25 trillion so‘mga ko‘payib, 105 trillion so‘m bo‘ldi. Bu banklarimiz barqaror rivojlanayotgani, ularga aholi va tadbirkorlarimiz ishonchi ortib borayotganidan dalolat ekani taʼkidlandi. Yil yakuni bilan ajratilgan jami kreditlar 275 trillion so‘mni tashkil qiladi. 2025 yilda bu 300 trillion so‘mdan oshishi hisob-kitob qilingan. Ayniqsa, kichik biznesga beriladigan kreditlar ulushi hozirgi 28 foizdan 40 foizga oshirilib, 120 trillion so‘mga yetkaziladi. Tadbirkorlar ehtiyojidan kelib chiqib banklarimiz 2025 yilda chetdan davlat kafolatisiz 6 milliard dollar jalb qilishi rejalashtirilgan. Faktoringga keng yo‘l ochib berilgani natijasida shu yilning o‘zida 100 million dollarlik bunday xizmatlar ko‘rsatildi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily