View in Telegram
Davlat banklari ham bittadan venchur kompaniya ochib, mahalla startaplariga o‘z mablag‘idan jami 50 million dollar ajratishi muhimligi qayd etildi. Startaplarni biznesga aylantiradigan akseleratorlar ham ochish maqsadga muvofiqligi taʼkidlandi. Og‘ir tumanlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha alohida yondashuv joriy qilinishi taʼkidlandi. Masalan "Sanoat qurilish banki" Quvadagi yirik eksportyor bilan Qo‘ng‘irot tumanida brokkoli ekish va yog‘ochni qayta ishlash loyihalarini amalga oshirdi. Bunga past foizli kredit ham berdi. Bu tajriba maʼqullanib, sharoiti og‘ir 71 ta tumanga boshqa hududlardan tadbirkorlarni taklif qilish uchun ularga qo‘shimcha kredit, 2025 yilda 1 mingta og‘ir mahalla infratuzilmasiga 3 trillion 200 milliard so‘m ajratilishi belgilandi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily