#bilasizmi #huquq⚡️Qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga olsa bo‘ladimi?
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ijara huquqi asosida quyidagilarga beriladi:
🔹 qishloq xo‘jaligi kooperativlariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga, shuningdek boshqa yuridik shaxslarga — tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yuritish uchun;
🔹 tajriba-ishlab chiqarish, o‘quv, o‘quv-tajriba va o‘quv-ishlab chiqarish xo‘jaliklari hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalariga — qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-sinov ishlarini bajarish uchun;
🔹 O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga — fermer xo‘jaliklarini yuritish uchun;
🔹 O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga — dehqon xo‘jaliklarini, yakka tartibda bog‘dorchilik, polizchilik va chorvachilikni yuritish uchun.
Kanalga ulanish: https://t.center/tvkadFacebook Instagram