#huquq #bilasizmi
⚡️Qurilishi tugallanmagan obyektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
✍️ Tegishli loyiha tashkiloti bu obyektlarning qurilishi boshlanganligini tasdiqlasa, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
🏬 Bino va inshootning poydevorini hamda birinchi qavati devorlarini tiklash yakunlanganligi qurilishni boshlangan deb topish uchun asos bo‘ladi.
📑 Qurilishi tugallanmagan obyektlarga bo‘lgan huquqlar bu obyekt joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin va loyiha tashkilotining mazkur obyektning qurilishi shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq tasdiqlangan shaharsozlik loyihasi asosida boshlanganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
❌ Elektron onlayn-auksion orqali investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan olingan yer uchastkalarida, shuningdek o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida joylashgan qurilishi tugallanmagan obyektlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi.
Asos: O‘RQ–803, 28.11.2022 y.
Kanalga ulanish: https://t.center/tvkad
Facebook Instagram