Shams Tabriziy hikmatlaridan:
1. Xudoni qanday so‘z va sifatda ko‘rishimiz o‘zimizning kim va qandayligimizni ko‘rsatadi. Uni eslaganda ko‘nglimizga qo‘rquv kelsa, demak ko‘nglimizda katta qo‘rquv bor. Xudo deganimizda mehr, muhabbat, shafqatni his etganda esa o‘zimizda xuddi shu tuyg‘u va sifatlar mavjudligini bilishimiz mumkin.
2. Haq yo‘lida yurmoq yurak ishidir, aql ishi emas.
3. Qur’on to‘rtta bosqichda o‘qiladi. Birinchisi-zohiriy ma’no. Ikkinchisi- botiniy ma’no.
Uchinchisi-botinning ham botini. To‘rtinchisi-chuqurligi kalimalarga sig‘mas darajadagi o‘qish.
4.Borliqdagi har zarrada Alloh bor. U masjidda yoki monastirda emas, har qachon har yerdadir. Kim uni borliqdan topa olsa har zamon u bilan birgadir.
Muhabbat Mangu turk tilidan tarjima qildi.