View in Telegram
Usmonli imperiyasidagi erkaklar nega sirg‘a taqishgan? Ushbu an’ana turklar madaniyatidan kelib chiqqan. Agar bir erkak bitta sirg‘a taqqan bo‘lsa, bu uning oilada yagona o‘g‘il ekanligini bildirgan. Shu sababli u ma’lum harbiy imtiyozlarni olgan, masalan, uning hayoti to‘g‘ridan to‘g‘ri xavf ostida qolmasligi uchun uni oldingi otryadlarga yubormaslikka harakat qilishgan. Agar biror kishi ikkita sirg‘a taqib olgan bo‘lsa, uni harbiy xizmatdan butunlay ozod qilishlari mumkin edi - bu uning o‘z oilasini yagona davomchisi ekanligini bildirgan. Ikkinchi sirg‘ani faqat otasi vafot etgan odam taqib yurishi mumkin bo‘lgan. Shuningdek, Usmonli imperiyasida haram og‘alari ham sirg‘a taqib yurishlari mumkin bo‘lgan. Ammo ularning kelib chiqishi musulmon bo‘lmagan. Bir qator manbalar aholining ayrim qatlamlari orasida bezak maqsadida zargarlik buyumlarini taqish imkoniyatini istisno etmaydi. https://t.center/turkona_uz
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily