View in Telegram
20-yanvar kuni Sukut Saqlama loyihasining Kitob klubi doirasida birinchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. "Shaxsiy xona" kitobi qiz va ayollardan iborat jamoa ishtirokida muhokama qilindi. Virjiniya Vulf o‘zining "Shaxsiy xona" essesida tarix qatlaridan kashfiyotchi ayolni, daho ayolni - Shekspirning singlisini qidirgan bo‘lsa, o‘zbek qizlari qachon o‘zbek ayoli Nobel oladi yo nega ololmasligini muhokama qilishdi. Vulf ayolga o‘z potensialini ochish uchun birinchi navbatda shaxsiy xona kerak degan bo‘lsa, o‘zbek ayollari avvalo hozir bizga shaxsiy vaqt va shaxsiy hudud ko‘proq kerak degan fikrda. Qiz va ayollar shaxsiy xona tugul, o‘z shaxsiy hududlari jamiyat va yaqinlar tomonidan mensilmasligi, qabul qilinmasligi haqida og‘riqli kechinmalarni gapirishdi. Yechim sifatida esa ayol-qizlar o‘rtasida xabardorlikni oshirish, shaxsiy huquq va erkinlik nima ekanini bilish va ayollarning bir-birini qo‘llab-quvvatlashi taklif qilindi. Vulf ayollar o‘qishi , shu orqali ishlashi va qo‘lida o‘z puli bo‘lishi tarafdori bo‘lgan. Bugun dunyo ayollari qatori o‘zbek qizlari ham o‘qiydi, ishlashadi. Pul topishadi. Ammo pullariga qay darajada egalik qilishadi va o‘zi istagan kasbda ishlayaptimi? Undan ham muhimi, ishlar ekan, o‘z potensialini yuzaga chiqarishda jamiyat bosimiga duch kelmaydimi? Degan savollar tashlandi. Patriarxal jamiyatda ayollar fikr erkinligi erkaklarga nisbatan cheklanganligi ayollar qancha o‘qib, ishlamasin ularni ikkinchi daraja qo‘yayotgani - ayol-qizlarimizning shaxsiy va karyera rivojida eng katta to‘siqligi muhokama qilindi. Vulf ayol shaxsiy xona va moliya mustaqilligiga ega bo‘lish orqali, uy-ro‘zg‘or, bola tarbiyasi tashvishlaridan ortib o‘zining shaxslik potensialini ko‘rsata olishiga qat'iy ishongan bo‘lsa, bugungi o‘zbek qizlari o‘z shaxsiy hududi bo‘ishi uchun kurashish kerak avval, degan fikrda. Shuningdek, pul topsa-da qizlar pulini o‘zi istagandek taassaruf qilolmayotgani va topilayotgan pul o‘zbek ayollarini qanchalik erkin va mustaqil qilayotgani ham savol ostida. Agar jamiyatning patriarxal prinsiplari o‘zgarmasa, ayollarning o‘qishi yoki ishlashi ular uchun ko‘p narsani o‘zgartirolmasligini bilishadi bugun qiz va ayollarimiz. Patriarxal jamiyat prinsiplarini o‘zgartirishning yo‘li esa xabardorlikni oshirish va kuchli ong bilan qurollanish orqali sodir bo‘ladi. "Shaxsiy xona" kitobi ham shu yo‘lda dastak bo‘lgandi o‘z vaqtida. Sukut saqlama Kitob klubi loyihasi doirasida tarjima qilinib, taqdim etiladigan maqolalar ham shu maqsadni ko‘zlagan. Yaqin kunlarda ularni chop qilishni boshlaymiz. Klubning keyingi uchrashuvi oy oxiriga mo‘ljallangan. Aniq sanani shu kunlarda e'lon qilamiz. Bildirishnomani yoqib qo‘ying😊Bexabar qolmang. Keyingi yig‘inlarimizda kutamiz. #SukutSaqlama
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily