View in Telegram
Forwarded from Chekkalik🔇👑🧳
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mana shu yerga bordik) Bu yerda ancha muhokamalar boʻldi) "Shaxsiy xona" asari asosida steriotiplarimiz, boʻlgan va boʻlishi mumkin boʻlgan, guvohi boʻlganlarimiz haqida ancha narsalar gaplashdik. (Video olmoqchi edim koʻproq, lekin muhokams oʻygʻaganimdan-da qizib ketdi-da). Men kuzatadigan blogerlar, oilali ayollar, xullas, hamma istovchilar vaqt topib kelibdi. Rosti qoyil qoldim. Fikrlar juda oʻzgacha. Oʻqiladigan kitoblarimni roʻyxatiga yana bittasini qoʻshib oʻzim uchun yangi insonlar ham kashf qilishga ulgurdim oʻsha qisqa vaqt ichida. Anchadan buyon aynan shunday yigʻinlarda ishtirok etgim kelayotgan edi oʻzi... Ammo chiqqanimizdan soʻng menga yana 2 yolni koʻrsatgan dugonamni "-Ayollar olim boʻlish uchun emas, olimlarni funyoga keltirish uchun yashaydi" degan gapi meni yanada oʻylantirdi. Siz nima deb oʻylaysiz? Ayollar faqat oila-roʻzgʻor, bola-chaqa uchunmi yoki ular ham olima, "Nobel" mukofoti sovrindorlari boʻlishlari kerakmi? Yoki yana boshqa, oʻsha doim takrorlanadigan savol: - Nega maktab va universitetda qizlar zoʻr oʻqiydi-yu, keyingi davrlarida koʻrinmay qoladi? Yoki mana bunga ham javob berib koʻringchi: - Nega ayol-qizlar dadalari bilan yaqin boʻla olmaydi? Nega ularga yigitlar, erkaklar faqat taʼminotchi va himoyachi vazifasini bajaradi? - Nega doim baʼzi steriotiplar qoralansa ham koʻpchilik u doiradan chiqmagan? Haliyam, baʼzan bilib-koʻrib oʻsha steriotiplarni hayot qonuniga aylantiramiz? Xullaas, bu judayam keng mavzu. Bularning javobini topish uchun albatta oʻqish, oʻrganish kerak... @Chekkalik
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily