#soliq_siyosati_2025 #qonunchilikdagi_yangiliklar #QQS
QQS bo‘yicha o‘zgarishlar
2025-yilda
QQS stavkasi 12% miqdorida
saqlanib qolindi.
QQS va
foyda solig‘i stavkalari 2028-yil 1-yanvarga qadar
o‘zgarmaydi.
2025-yil 1-iyuldan yo‘lovchilarni yagona tariflar bo‘yicha tashish xizmatlari QQSga tortiladi.
Avval soliqdan ozod etilgan edi.
Davlat mol-mulkini, shu jumladan mulk huquqi asosida qishloq xo'jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini
realizatsiya qilish QQSga tortilmaydi.
👉 Soliq kodeksi 243-modda
Mahsulotlarning eksportini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
▫️kontrakt (kontrakntning belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi);
▫️tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi
bojxona hududidan olib chiqish uchun asos bo‘lgan bojxona yuk deklaratsiyasi
(Ilgari O'zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tovarlarni olib chiqish uchun bojxona organining belgisi bo‘lgan bojxona yuk deklaratsiyasi);
▫️O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan o‘tkazish punktida joylashgan bojxona organining
tovarlar ortilgan transport vositalari bojxona chegarasini kesib o‘tganligini tasdiqlovchi belgisi qo‘yilgan tovarning kuzatuv hujjatlari
(ilgari tovar belgilangan mamlakatga jo‘natilganligini tasdiqlovchi belgisi qo‘yilgan)
Bojxona organlari tomonidan real vaqt rejimida elektron axborot almashinuvi vositasida soliq organlariga taqdim etiladigan
tovarlar bojxona chegarasini kesib o‘tganligi to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlar tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlash uchun asos bo‘ladi.
👉 Soliq kodeksi 261-modda
QQSdan quyidagilar ozod qilinadi:
▪️2027-yil 1-yanvargacha – Prezident qarori bilan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha
protez moslamalarini va ularning butlovchi, ehtiyot qismlarini O'zbekiston hududiga olib kirish;
▪️2024-yil 1-noyabrdan 2026-yil 1-yanvargacha - O'zbekiston rezidentlari bo'lgan v
agon (konteyner)lar operatorlarining temir yo'l transportida tashish jarayonida vagonlarni (konteynerlarni) ijara shartnomasi asosida foydalanishga berish xizmatlari;
▪️2030-yil 1-yanvargacha - O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini jihozlash hamda ularning faoliyatini ta’minlash uchun O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan, zamonaviy
o‘quv va
laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, o‘quv va
ilmiy-uslubiy adabiyotlar, anjomlar va
moddiy-texnika resurslari.
Shuningdek, budjet tashkilotlarining
Xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi qaysi infratuzilma loyihalari bo‘yicha tovarlar (xizmatlar)
QQSdan ozod etilishiga aniqlik kiritildi:
▫️e
lektr, gaz va issiqlik ta'minoti;
▫️suv ta'minoti va kanalizatsiya;
▫️suv xo'jaligi;
▫️yo'l-transport infratuzilmasi;
▫️aloqa va telekommunikatsiya;
▫️agrologistika;
▫️sanitariya jihatdan tozalash;
▫️qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish.
Imtiyoz loyiha ishtirokchilariga ham qo‘llaniladi.
👉 Soliq kodeksi 483-modda
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads