#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#foyda_soligi
Foyda solig‘idagi o‘zgarishlar
Tovar (ish, xizmat)larning
elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar uchun foyda solig‘i
stavkasi - 10% etib belgilandi (
oldin 7,5%).
Tovar (ish)larni
eksportga realizatsiya qilishdan olingan foyda uchun 0% stavkadagi soliq
bekor qilindi.
Umumiy quvvati 100 kVt gacha bo‘lgan
qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) qurilmalaridan foydalangan holda umumiy tarmoqqa elektr energiyasini realizatsiya qilishdan olingan
foyda 0% stavkada soliqqa tortiladi.
Stavka
QTEM qurilmalari ishga tushirilgan oydan boshlab 3 yil davomida qo‘llaniladi. Quyosh panellari quvvatining
kamida 25% miqdorida elektr energiyasini to‘plash tizimi bilan quyosh panellari o‘rnatilganda – bu panellar ishga tushirilgan oydan boshlab
10 yil davomida qo‘llaniladi.
👉Soliq kodeksining 337-moddasi
Vaqtinchalik soliq imtiyozlari
2025-yil 1-yanvardan 2029-yil 1-yanvargacha nashriyot-matbaa faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar olingan daromadlaridan foyda solig'ini to'lashdan
ozod qilinadi (
foiz ko'rinishidagi daromadlar bundan mustasno). Buning uchun ushbu faoliyat turidan olingan daromadlar hisobot (soliq) davri yakunlari bo'yicha
jami daromadining kamida 90%ini tashkil etishi kerak.
2025-yil 1-fevraldan 2030-yil 1-yanvargacha O'zbekiston Respublikasi norezidentlari bo'lgan yuridik shaxslar eksport xizmatlari hajmi kalendar yil davomida
10 mln AQSh dollaridan oshgan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlariga
axborot texnologiyalari sohasidagi xizmatlarni ko'rsatishdan olgan daromadlari qismida (
shu jumladan, royalti to'lanadigan)
foyda solig'ini to‘lashdan ozod qilinadi.
❗️Istisno - O'zbekiston Respublikasi bilan ikki yoqlama soliq solishning oldini olish to'g'risida bitim tuzgan davlatlarning soliq rezidentlari mustasno.
2025-yil 1-yanvardan 2030-yil 1-yanvargacha tadbirkorlik subyektlari
foyda solig'ini hisoblashda o‘z mablag‘lari hisobidan nodavlat umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari binolarining
qurish bilan bog'liq xarajatlarni
2 yil davomida teng ulushlarda ushbu binolar qiymatining amortizatsiya tarzida chegirib tashlanadigan xarajatlarga
kiritish haqli.
Bunda ular ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlarini bepul qabul qilish bo'yicha litsenziya talablarini bajarishlari shart, aks holda bu amortizatsiya chegirmalari Soliq kodeksining 306-moddasida nazarda tutilgan amortizatsiya normarlarini qo'llash hisobidan bekor qilinadi.
👉Soliq kodeksining 483-moddasi
Тelegram |
Facebook |
Youtube|
Instagram |
X|
Threads