View in Telegram
#soliq_siyosati_2025 #qonunchilikdagi_yangiliklar #yer_soligi Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i boʻyicha kiritilgan o‘zgarishlar Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yerlar bo‘yicha bazaviy soliq stavkalari 2024-yilga nisbatan indeksatsiya qilindi. Ma'lumot uchun❗️Soliq stavkalarining aniq miqdori Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, shuningdek tuman va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlardan foydalangan holda belgilanadi. Qishloq xo'jaligi korxonalari balansida bo'lgan, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlash, shuningdek ipak qurti yetishtirishda foydalaniladigan bino va inshootlar joylashgan yerlar uchun soliq xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomonidan belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 0,2 koeffitsientini qo'llanilgan holda to'lanadi. ❗️Ijara huquqi asosida foydalaniladigan yer uchastkalarida joylashgan va imtiyozlar tatbiq etiladigan obyektlar bundan mustasno. Shahar va shaharchalar chegaralarida joylashgan qishloq xo'jaligi yerlari uchun yer solig‘i 1 baravar miqdorida to'lanadi. Avval 2 barobar miqdorda to‘lanar edi. 👉 Soliq kodeksi 429-modda Yangi barpo etilgan bog'lar, tokzorlar, tutzorlar egallagan yer uchastkalari (daraxtlarning qator oralaridan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish uchun foydalanishidan qat'i nazar) 5 yil muddatga 50% kamaytirilgan stavkalar bo'yicha soliq to'lanadi. Vakolatli organ tomonidan bog' va tokzorlarni iqtisodiy jihatdan samarasiz va past hosildorligi deb topish to'g'risida xulosa berilgan kundan e'tiboran 12 oy ichida yangi bog' va tokzorlar barpo etilmagan yer uchastkalariga nisbatan soliq stavkasi 3 barobar oshirilgan holda belgilanadi. Yangi ko'chatlar ekish uchun soliq imtiyozini hisoblash muddati: 🍁kuzda ekilgan – keyingi yilning 1-yanvaridan; ☘️bahorda ekilgan – joriy soliq davrining 1-yanvaridan. ❗️Avval bunday yerlar soliqqa tortilmas edi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) o‘rnatish uchun soliq imtiyozlari QTEMlarning umumiy quvvati quyidagicha bo‘lgan alohida turuvchi qurilmalari bilan band bo‘lgan yer uchastkalari soliqqa tortilmaydi: 📉 100 kVt gacha - qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 3 yil muddatga; ☀️quyosh panellari quvvatining 25%dan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini to'plash tizimi mavjud bo‘lgan quyosh panellari o'rnatilganda – ushbu panellar foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 10 yil muddatga; 📈 100 kVt va undan ko‘proq – foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 10 yil muddatga. 👉 Soliq kodeksi 428-modda Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily