View in Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar #yer_soligi 2024-yilda yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i boʻyicha hisob-kitob shakllari joylashtirildi Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha bazaviy soliq stavkalari 12 foizga indeksatsiya qilindi. Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yer solig‘ini hisoblab chiqarish uchun soliq toʻlovchilar joriy yilning 20-yanvaridan kechiktirmay, yer uchastkasi joylashgan hududdagi soliq organiga yer solig‘i hisobotini taqdim etishi lozim. 👉 Soliq kodeksi 431-modda Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yer uchastkalariga yer solig‘ini hisoblash boʻyicha hisobot shakllari my.soliq.uz portaliga joylashtirilgan: ▫️ AOS to‘lovchi bo‘lmagan korxonalar uchun hisobot shakli – 10510_21; ▫️ AOS to‘lovchi korxonalar uchun hisobot shakli – 10510_20. 🔹Soliq toʻlash muddati: 📌2024-yil yanvar oyi uchun 20-yanvardan kechiktirmay. ▪️AOS toʻlovchilar uchun har chorak 3-oyining 20-kunidan kechiktirmay; ▪️Boshqa soliq toʻlovchilar uchun har oyning 10-kuniga qadar. Mazkur soliq hisobotlari Kadastr organlarida ro‘yxatga olingan har bir yer uchastkasi bo‘yicha alohida, avtomatik tarzda hisoblab chiqariladi. Izoh: Hozirda faqat soliq stavkalari tasdiqlangan hududlar uchun ushbu soliq hisobotini taqdim etish imkoniyati mavjud. Ma’lumot uchun, qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun belgilangan soliq stavkalariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar hamda tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlari tomonidan kamaytiruvchi yoki oshiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llaniladi va har yili 10-yanvarga qadar soliq organlariga taqdim etadi. 👉 Soliq kodeksi 429-modda 📖 Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i soliq hisobot shaklini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily