Rossiya Federatsiyasining Federal moliyaviy monitoring xizmati halok bo‘lgan muxolifatchi siyosatchi Aleksey Navalniyni «ekstremistlar va terrorchilar» ro‘yxatidan chiqarishdan bosh tortdi. Rossiya xizmatining javobi yozilgan hujjat 10 yanvar, juma kuni Telegramʼda siyosatchining bevasi Yuliya Navalnaya tomonidan e’lon qilindi. Hujjatdan ma’lum bo‘lishicha, Navalniyning onasi Lyudmila tegishli so‘rov bo‘yicha Rosfinmonitoring bilan bog‘langan.
«Ular Alekseydan vafot etganidan keyin ham qo‘rqyapti, - dedi Yuliya Navalnaya xizmatning javobiga izoh berib. - Bu nima uchun kerak? Shubhasiz, Alekseyga bank hisoblarini ochishni taqiqlash uchun emas. Bu endi mumkin emas. Buni sizni qo‘rqitish maqsadida qilishyapti, hatto Alekseyni eslashdan qo‘rqishingizni va uning ismini asta-sekin unutishingizni xohlashyapti». Muxolifatchining bevasi Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, shaxsning o‘limi «olib tashlash uchun so‘zsiz asos (Rosfinmonitoring ro‘yxatidan)» ekanini ta’kidlab, qaror ustidan shikoyat qilishga va’da berdi.