View in Telegram
Jaydari bog’lanma” yoxud “Martin Iden” Bugun, 19-yanvar sanasi, soat 17:00 da u boshlandi. “Ular shunchaki tug‘ilishi bilanoq  tanlab berilgan din, qadrli narsalar, millat va urfni butun umr himoya qiluvchi, hayotida chimdim o‘ziga tegishli haqiqat bormi yoki barchasi singdirilgan o‘zgalar yozig’imi degan savollarni hech qachon o‘ziga berib ko‘rmagan kimsalar qatlami edi.” Kimlar haqida gapirganimni o’ylab turing… Mo’jazgina va go’zal teatr studiyasi bo’lgan “Shams-i-Qamar”ning bu safargi sahnasi qarshisida o’tirish menga ham nasib etdi. (Birinchisi emas, oxirgisi ham bo’lmas) Men ayni kutgan narsa “yangilik” bor. Bu safar teatr ijodkorlari Jek Londonning “Martin Iden” asariga o’zbekcha jaydarilikni bog’lashibdi. Martin Iden yirik falsafaga ega asar. Rostdan ham, u bo’ylab og’ir sayohatga chiqish va ko’plab narsalarni anglash mumkin. Bizning sevimli teatr esa asardagi ajoyib jarayon, ijod va qiyinchilikni, ichki shavq, maqsad hamda hissiyotlarni o’zbek obraziga ham mos tusha oladigan muammolar (ancha yoqqan tarafi ham, muammolarni yuzaga berish mavjud) bilan birga o’z uslublarida sahnada kashf etishibdi. Qarash va jicha tanqid mavjud. Yuqorida ta’kidlaganimdek yangilik bor va asar bilan aloqada bog’lanish ajoyib. Jamshid aka aytganlaridek, to’lqinlarda ko’tarilish va tushish o’z o’rnida. Musiqa, chiroqlar hamda sahnaning bejirim yetkazib beruvchi detallari, texnikalar kreativlik bilan ishlangan. Mavhumlik ozgina me’yordan oshgandek tuyuldi, kimki, asarni o’qimaganlar uchun… Eng asosiysi, aktyorlar ko’zlari, so’zlari va o’ynayotgan odamlariga o’zlari ishonganini sezdim. Akalarga eng yordam bergan narsa menimcha, ular hayotda ham haqiqiy jaydari yigitlardir. Shunday hisoblayman, aktyor “odamiga” o’zi ishonmasa tomoshabinni ham hislarga qorishtirib tashlayolmaydi. Men doimgidek ko’p narsani sir qoldiraman. Nega-ki, kerak odam izlab topsin! San’at sizning oldingizga kelmaydi!!! Ijodkorlarga katta rahmat.🕯️ Matn: Azizbek Tashqorayev
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily