#IbratBir hakim zot nabirasiga:
- Bugun senga bir haqiqat sirini ochaman, - dedi.
Nabira:
- Qulog‘im sizda, bobojon, - dedi.
Hakim:
- Har bir inson ichida doimiy jang kechadi. Bu xuddi ikki bo‘rining olishuviga o‘xshaydi. Ulardan biri - yovuzlik, hasad, g‘ayrlik, yolg‘on va xudbinlikning timsolidir...
Nabira boshini tebratib:
- Boshqasi-chi? - dedi.
Donishmand bobo:
- Boshqasi esa ezgulik, mehr-muhabbat, adolat va ixlos timsolidir.
Nabira bu so‘zlardan ta’sirlandi, tushunish qiyin bo‘lsa ham, anglab yetdi, biroz o‘ylanib turib, bobosidan so‘radi:
- Oxir oqibat qaysi bo‘ri g‘olib keladi?
Donishmand bobo aqlli nabirasining boshidan silab, tabassum ila:
- Sen qaysi bo‘rini boqib, oziqlantirsang, ana o‘shanisi hamisha ustun chiqadi...
Qalbingizda yomon tuyg‘ularga joy qoldirmang. Doim ezgu tuyg‘ular ila bo‘ling! Shundagina hayotingiz fayzli bo‘ladi!🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:Telegram |
Facebook |
Instagram |
You Tube