View in Telegram
#Ibrat Bir kuni bir odam uyiga kelgan mehmonga o‘g‘lini maqtab tursa, eshikdan o‘g‘li ko‘rinib qolibdi. Shunda haligi odam o‘g‘liga qarab: - O‘g‘lim, tomdan bir bog‘ o‘tin olib tushing, - debdi. O‘g‘li: - Dadajon, kechiring, bu aytganingizni qila olmayman, - debdi. Buni eshitgan mehmon: - O‘g‘lingni shuncha maqtab o‘tirgan eding. Bitta aytganingni qilmadi-ku, - deb istehzo qilibdi. Shunda haligi odam o‘g‘liga yuzlanib: - O‘g‘lim, nimaga aytganimni qilmayapsiz? - deb so‘rabdi. O‘g‘il esa: - Otajon, ming bor uzr. Ammo, men Siz turgan uyning tomiga chiqa olmayman, - deb javob qilibdi. Barchaga shunday o‘g‘illar nasib etsin! 🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily