View in Telegram
​​Ko'pchilik yotvolib o'qiyotgan Omina (ba'zi tarjimalarda Amina, nashriyotlar, o'zaro kelishvolinglar vey) Shenliko'g'lining bir kitobi haqida ikki og'iz so'z. Kitob nomi : "Ishqqa yengilmayman". Badiiy jihatiga to'xtalib o'tirmaymiz. Chunki buni mutlaqo adabiyotga aloqasi yo'q. Faqat undagi ko'pchilikka mashhur faktlarni buzib ko'rsatilganiga e'tibor qaratamiz. Asarda aytiladiki, g'ayridinlar(ateistlar, Islom dushmanlari, umuman o'ylab topilgan barcha xayoliy dushmanlar) Islomga tuhmat qilishadi, Oysha onamiz 6 yoshda turmush qurmagan, u 19-20 yoshda bo'lgan deyiladi. Lekin Qur'ondan keyingi asosiy manba bo'lgan Imom Buxoriy va Termiziy hadislarida Muhammad payg'ambar Oyshani olti yoshida nikohiga olgani va to'qqiz yoshida qo'shilgani aytiladi. Bu inkor etib bo'lmas va diniy ulamolar tan olib bo'lgan fakt. Ikkinchisi, asarda Islomda qullik yo'q deyiladi. Yolg'on. Qur'oni Karimda qullik bekor qilinishi haqida oyat tushmagan. Faqatgina qullar bilan qanday muomala qilish haqida o'rgatilgan. Masalan, cho'ri ayol bilan nikohsiz birga bo'lish kabi tavsiyalar keltirilgan. Omina Shenliko'g'li yoki diniy bilimi o'ta sayoz, yoki ma'lumotlarni atay buzib ko'rsatgan. Eng ko'p asabimni buzgani siyosatni mutlaqo tushunmay turib rosa valdiragan. Keyin Turkiyadagi tanishlardan surishtirsam turklar uni shunchaki ahmoq deb bilishadi va nazarga ilishmaydi. Hozir Turkiyada aylanib yurgan Mahin biror bir kitob do'konida Shenliko'g'li kitoblari yo'qligini, uni hech kim sotib olmasligini aytgan. Zamonaviy turk adabiyoti ancha sayoz, lekin hatto shu sayoz qatlam ham o'qimayotgan adiblarini biznikilar ko'kka ko'tarishi juda achinarli. Yana bir gap, turk adabiyotini sizlarga olib kirayotganlar shunchaki soqqakash odamlar. Ular sizning saviyasizligingizdan biznes yo'lida foydalanishyapti. Ikki - uch yil oldin kitobdan bitta xato topilsa nashriyot go'rdan olib go'rga tiqilardi. Endi esa butun boshli kitobdan xatosiz birorta betni topish mushkul bo'lib qoldi va bu odatiy holga aylandi. Turk adabiyotidan mualliflik huquqini olish talash bo'lib yotganini, o'rtada mashennik dallollar paydo bo'lganini, 15-20 ming nusxada sotilayotgan kitoblarning tarjimonlariga arzimagan 1-2 million pul to'lanayotganini, shu uchun ish havaskor tarjimonlarga qolib ketayotganini soha ichidagi odamlar yaxshi bilishadi. Eslatma: havolar isib qoladi yaqinda, muzqaymoq yeb qo'ymanglar, Omina Shenliko'g'li aytishicha muzqaymoq yalash minetga o'xshagani uchun (tasavvurni qara, Karl) jinsiy xohishni kuchaytirib, odamning xayolini buzarkan. Yana bir eslatma, bemalol yeyveringlar. Chunki Shenliko'g'li shu gapni aytganidan ko'p o'tmay o'zi minet qilayotgan, e uzr, muzqaymoq yalayotganida qo'lga tushgan. @salimov_blogi
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily