View in Telegram
​​Morgan Hauzel – "Pul psixologiyasi" Bosib-bosib kitob oʻqigan talabalik yillarimda boy boʻlishni oʻrgatadigan kitoblarning bozori chaqqon edi. Ammo koʻpi magʻzi puch safsatalardan iborat edi xolos. Shu bois bunday kitoblarga nisbatan bir-biridan farq qiluvchi ikki xil qarash shakllandi: bir guruh shunday kitoblarni oʻqib boyib ketishga ishonsa, boshqa bir guruh shunday kitoblarga va shunday kitob oʻqiydiganlarga bepisand qaraydigan boʻldi. Shu mavzuda soʻngi yillarda chiqqan kitoblar esa saviya jihatdan oldingilardan farq qiladi. Endi ular oldingizga savol qoʻyadi: boylik siz uchun nima va nega boy boʻlmoqchisiz? Shuningdek, bu kitoblar sizni boy boʻlishga emas, moliyaviy erkin boʻlishga ilhomlantiradi. Ha, boylik va moliyaviy erkinlik koʻpincha ayni narsa emas. Mazkur kitobda ham shunga urgʻu beriladi: "Pul taqdim etishi mumkin boʻlgan eng katta dividend – bu oʻz vaqtini nazorat qila olish imkoniyatidir". Mening nazarimda ham eng katta boylik mana shu. Moliya borasida hech qanday maqsadsiz, shunchaki qoʻlimga tushgani, koʻzimga chiroyli koʻringani uchun oʻqigan kitoblarim menga shuni oʻrgatdi: boylikka emas, moliyaviy erkinlikka intildim. Bu sizga oʻz hayotingizga faqat oʻzingiz egalik qilish, xohlagan odamingiz bilan xohlagancha vaqt oʻtkazish, xohlagan vaqtingizda xohlagan ishingizni qilish imkonini beradi. Shu oʻrinda Nobel mukofoti sohibi Aziz Sanjarning fikrini keltiraman: "Rivojlanish va boy boʻlish boshqa-boshqa narsalardir. Masalan, arablar boy, ammo rivojlangan emas. Biz ham arablardan oʻrnak olyapmiz, rivojlanishni emas, boyishni istayapmiz. Shu sabab ilmli va madaniyatli insonlarga emas, puldor va nufuzli insonlarga hurmat koʻrsatilmoqda". Alaloqibat hammamiz moddiy dunyoda yashayapmiz. Moddiyatdan ustunman deb har qancha tomoq yirtmang bosgan qadamingiz, kiygan kiyimingiz, yutgan luqmangiz pul. Men uchun pul muhim emas deb ishlamayotgan boʻlsangiz demak kimningdir hisobiga yashayotgan tekintomoqsiz. Ishda oʻtgan har lahza esa bu sizning umringiz. Xarid qilgan har bir narsangizni pulga emas, umringizning maʼlum bir qismi evaziga sotib olasız aslida. Ayni shu pul hayotda old planga chiqib qolmasligi, boy boʻlish yoʻlida insoniylikni yoʻqotmaslik, oʻzligimizni anglash uchun fursat yaratish, oʻz hayotimizga oʻzimiz xoʻjayinlik qilish uchun ham moliyaviy savodxonlikni oʻrgatuvchi kitoblarni oʻqish kerak. @salimov_blogi
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily