View in Telegram
​​Odamlarday yashamoq kerak, Chetda turib yonmoq besamar... Ko'p qatori mana meni ham Yugurishga o'rgatar shahar. Telefonlar jiringlar shitob, Yuguradi qog'ozda qalam. Lahza – so'roq, daqiqa – xitob... Qo'zg'alaman sapchib o'rnimdan! Men hansirab chopaman olg'a, Ufqlardan nenidir kutib. Bu dunyoda dala, tog', daryo, Bog' borligin tamom unutib. Atrofimda olam aylanar, Go'yo umrim borar yorishib. Xiyobonlar, haykallar, gullar Bir - biriga ketar qorishib. Chaqmoq!.. Senga nigohim tushar... To'xtamoqlik? Mumkinmas! Aslo! Yuguraman! Vujudim uchar... Men sezgayman qolganim tanho. Zirqiraydi nogoh yuragim, To'qnashadi osmon bilan yer. Sen o'zga bir yurak tilagin, Menga qismat yugurmoqlik, she'r. Yuguraman – qaqrar xayolim, Yuguraman – yuragim tolar. Termilishib ortimdan g'amgin She'r deb yongan do'stlarim qolar. Yuguraman shamol bilan teng... Qayerlarga, qachon yetaman? Qaynab yotgan ko'chalarga men O'zimni ham tashlab ketaman. Yuguraman kechib dunyodan... Bemuruvvat emasdir hayot – Martaba, uy (baland binodan) Va mashina berar mukofot! Yuz yigirma! Mashina uchar! Noxos tormoz silkir loshimni. Men nimani istab yig'layman Sovuq rulga qo'yib boshimni?.. Usmon Azim @salimov_blogi
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily