View in Telegram
Jajji oʻgʻilchasin yetaklab olib, Ota shoshar edi qaygadir tongda. Kimdir qarshisidan chiqdi jar solib, – Xoʻrozqand sotaman, qolma armonda. Dada etagiga yopishdi goʻdak: – Xoʻrozqand olib ber, dada, dadajon... Mayli, Umrigayam beraman qittak, Qandfurush tirjaydi: – Obbering, arzon. Ota choʻntagiga qoʻl choʻzdi sekin, Soʻngra boshqasiga, soʻng boshqasiga. Hammasin birma-bir titdi-yu, lekin Oʻgʻliga engashdi: – Yur, boshqasiga... Dada etagini qoʻymasdi bola, Mitti koʻzlariga tizilgan marjon. Eng soʻnggi umidi chiqardi nola: – Oʻgʻlingiz boʻlardim, dadajon... Dadajoni esa turardi birdak, Xuddi nimanidir yoʻqotgansimon. ...Qaydan bilsin bola, qaydan bilsin goʻdak, Baʼzan otalar ham boʻlar parishon. Abdulla Oripov @salimov_blogi
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily