Mashhur adib Chingiz Aytmatov tavalludining 96 yilligi munosabati bilan turkiy tilli davlatlar kengashi Parlament Assambleyasining bosh sahifasida “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyevning adib hayoti va ijodiga bag‘ishlangan maʼruzasi turk tilida, Qirg‘izistonning “Xabar” axborot agentligi saytida esa “Chingiz Aytmatov va o‘zbek va qirg‘iz adabiyotlari rivoji” maqolasi qirg‘iz tilida eʼlon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida"gi qarori
— Постановление Президента Республики Узбекистан "О широком праздновании 150-летия со дня рождения основателя джадидского движения в Туркестане, выдающегося писателя, общественного деятеля, издателя и педагога Махмудходжи Бехбуди"
Bugun Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida adabiyot jonkuyari, maʼrifatli inson Keldiyor Xo‘jayorov haqidagi “Himmat va maʼrifat yog‘dusi” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin Aʼzam, O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov va boshqalar so‘zga chiqdi. G‘ayrat Majid o‘zining 70 yoshini qarshilagan Keldiyor Xo‘jayorovga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining esdalik sovg‘alarini topshirdi hamda yangi kitob o‘zbek kitobxonlariga muborak bo‘lsin, dedi. “Ijod nashr” nashriyoti tomonidan 2000 nusxada bosilgan kitob “Adabiyot, sanʼat va jamoat abroblari eʼtirofi”, “Xalqaro eʼtirof”, “Ijod ahli nazari”, “Tengdoshlar ko‘ngil izhori”, “Izhoshlar ehtiromi” nomli besh bo‘limdan iborat bo‘lib, unga Keldiyor Xo‘jayorov haqidagi maqolalar, sheʼrlar jamlandi. Kitob o‘z o‘quvchilari ko‘nglini manzur etadi, degan umiddamiz.