Ushbu kanalda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo’limi faoliyatini yorituvchi ma’lumotlar beriladi
Biz bilan bog’lanish : 👇
@Yoz_uyushmasi_Xorazm_viloyati
OGAHIY HAQIDA HUJJATLI FILM Buyuk bobokalonimiz shoir, tarjimon, tarixnavis va davlat arbobi Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy hayoti hamda ijodiy faoliyati haqida qator ijodiy-ilmiy tashkilotlar, jumladan Ichan qal’a davlat muzey-qo‘riqxonasi bilan hamkorlikda tasvirga olingan “Ogahiy” nomli hujjatli film minglab muxlislarning e’tiboriga sazovor bo‘ldi. Filmda adabiyotshunos va tarixchi olimlar , shuningdek, muzey-qo‘riqxona mutaxassislari ham Ogahiy faoliyatiga oid fikr-mulohazalari bilan ishtirok etishgan. Filmni to‘liq tomosha qilish uchun e’tiboringizga havola qildik.
Маънавият ва маърифат маркази Хива туман бўлими ва Нуроний жамғармаси туман бўлими ташаббуси билан 28-сон айрим фанларга ихтисослашган умумтаълим мактабида “Уч авлод учрашуви” деб номланган тадбир бўлиб ўтди. Тадбирда Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси ва Ўзбекистон Журналистлар уюшмаси аъзоси, Ичан қалъа давлат музей-қўриқхонаси матбуот котиби О.Исмоилов ҳам иштирок этиб, ёшларни китобхонликка ундовчи фикр-мулоҳазаларини билдирди ва ижод намуналаридан ўқиб берди. Шунингдек, иштирокчиларни моддий ва маданий меросни асраб-авайлаш, тарғиб қилиш бўйича музей-қўриқхона фаолиятидаги янгиликлар ва сайёҳларга яратилаётган шарт-шароитлар ҳақидаги маълумотлар билан ҳам таништирди.
Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Norqobil Jalil va uyushma aʼzosi Ro‘zimboy Hasanning “General Jo‘rabek: davr va qismat” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Yozuvchilar, shoirlar, yosh ijodkorlar ishtirokidagi tadbirni uyushma raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo olib bordi. Unda O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Sher, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimlari – Xurshid Do‘stmuhammad, Gulmira Musajonova, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov, falsafa fanlari doktori Qiyomiddin Nazarov, tarix fanlari nomzodi Nuryog‘di Toshov, shoira Lola O‘roqova va boshqalar so‘zga chiqdi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan jadid bobolarimiz orzu qilgan ilm-maʼrifatli jamiyat yaratish g‘oyasi mualliflarni “General Jo‘rabek: davr va qismat” tarixiy-hujjatli badiasini yaratishga ilhomlantirgani, shubhasiz. – Mazkur asarning dunyoga kelishida O‘zbekiston Qahramoni, adabiyotshunos Ibrohim G‘afurov, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin Aʼzam, filologiya fanlari doktori, professor Xurshid Do‘stmuhammad, siyosiy fanlar doktori Baxtiyor Yakubov ularga yaqindan ko‘mak berdi, – dedi Gulmira Musajonova. – Asar voqealari yaqin tariximizning sirli sahifalaridan biriga tutilgan yorqin ko‘zgu sifatida ahamiyatlidir. Ushbu kitobda mualliflar bir yarim asrdan ko‘proq davr avval Turkiston zaminida ro‘y bergan hodisotlar, taxt va mansab, boylik talashish ortidan kelib chiqqan urush-nizolar, talotumlarni bugungi kun nazari bilan tahlil qilgan. Ushbu tarixiy-hujjatli badia barcha qatlamdagi o‘quvchilarni keng mushohadaga chorlashi bilan muhimdir. Kitob 2024-yilda “Adabiyot” nashriyotida chop etilgan. Loyiha rahbari Sirojiddin Sayyid. Unga Baxtiyor Yakubov muharrirlik qilgan. Вir yarim asr ilgari bo‘lib o‘tgan ushbu voqealar tafsilotlari asarning beshinchi bo‘limidagi “Qozi bilan qalin bo‘lsang...” sarlavhali maqolada to‘liq keltiriladi. Kitobning aynan ushbu bo‘limida birinchi o‘zbek generali Jo‘rabek Qalandar qori o‘g‘lining jadidlar harakatiga qo‘shilishi, Turkistonda ilm-maʼrifat, kitobxonlik, vaqtli nashrlar, sanʼat va boshqa ijtimoiy sohalarda yuzaga kelgan o‘zgarishlar jarayonini nafaqat qo‘llagani, balki birgalikda ushbu “qozonda qaynagani” to‘g‘risida aniq tarixiy dalillar, yozma manbalar va zamondoshlari xotiralari orqali o‘qirmanlarga yetkaziladi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar asarning mazmun-mohiyati haqida mushohada yuritishdi. Mualliflar yig‘ilganlarga yangi asarni ulashdi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Norqobil Jalil va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Ro‘zimboy Hasanning “General Jo‘rabek: davr va qismat”nomli kitobi taqdimotidan suratlar.