Смотреть в Telegram
Dunyo yongʻoqlarining 25 foizi nimaga ishlatilishini bilasizmi? Ferrero brendi shirinliklar dunyosida o'ziga xos o'rin tutadi. 1946 yilda Italiyaning Alba shahrida Pietro Ferrero tomonidan asos solingan kompaniya bugungi kunda global shokolad va konfet bozorida yetakchilik qilmoqda. Yirik brendlari va mahsulotlari Ferrero o'zining ko'plab mashhur brendlari bilan tanilgan. Bular: — NutellaFerrero RocherKinderTic TacMon ChériRaffaello Yong'oq qirolligi Ferrero kompaniyasi dunyo bo'ylab hazelnut yong'oqlari bozorining 25 foizini egallaydi. Bu yong'oqlar kompaniyaning o'ziga xos mahsulotlari, ayniqsa, Nutella va Ferrero Rocher uchun asosiy xomashyo hisoblanadi. Hazelnutning sifati va mazasi Ferrero mahsulotlarini boshqa shirinliklardan ajratib turadigan eng muhim omildir. Mas'uliyatni ham unutmaydi Ferrero kompaniyasi nafaqat yuqori sifatli mahsulotlari bilan, balki ijtimoiy va ekologik mas'uliyatni ham unutmaydi. Kompaniya barqaror qishloq xo'jaligi usullarini qo'llab-quvvatlaydi ya'ni yerga zarar yetkazmasdan, tabiiy resurslarni tejashga harakat qiladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish jarayonlari ekologik toza bo'lishi uchun e'tibor beradi va ishchilari uchun yaxshi sharoitlar yaratadi. Bu tamoyillar Ferreroni iste'molchilar orasida yanada ishonchli va sevimli brendga aylantiradi. Xulosa Ferrero uzoq yillik tajribasi va innovatsiyalari bilan shirinliklar bozorida o'ziga xos o'ringa ega. Kompaniya doimiy ravishda yangi mahsulotlar yaratishda davom etmoqda va iste'molchilar tomonidan sevib iste'mol qilinmoqda. Ferrero sifat va mazmun jihatidan yangi cho'qqilarni zabt etishda davom etadi. Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств