Airbnb qanday qilib oddiy yorma bilan o‘z biznesini saqlab qoldi? 2008-yilda
Airbnb startapi katta muammolarga duch keldi:
— Deyarli mijozlari yoʻq edi;
— Moliyaviy yordam olishning iloji yo‘q edi;
— 30 ming dollardan ko‘proq qarzlari bor edi.
Shunda asoschilar — Brian Chesky, Joe Gebbia va Nathan Blecharczyk noodatiy bir yo‘l topishdi. Ular "
Obama O's" va "
Cap’n McCain’s" deb nomlangan maxsus yormalarni ishlab chiqarishdi.
Ularning bu qaroriga 2008-yilda AQShda katta siyosiy voqea, ya’ni prezidentlik saylovlari o‘tkazilayotgan sabab boʻlgan edi. O‘sha paytda Barack Obama va John McCain asosiy nomzodlar bo‘lgan.
Obama juda mashhur va dolzarb nomzod bo‘lganligi sababli, uning ismi bilan maxsus yorma qutilarini yaratish orqali ular katta qiziqish uyg‘otishdi. Ushbu usul orqali ular nafaqat yorma sotib, pul ishlab olishdi, balki saylovlarning diqqat markazida bo‘lgani uchun mahsulotlari ham tezda ommalashdi.
Bu kreativ yondashuv
Airbnb asoschilariga o‘z startapini saqlab qolish imkonini berdi, chunki ular o‘sha paytda odamlar qiziqqan mavzu— saylovdan reklama usuli sifatida foydalandilar va
katta muvafaqqiyatlar sari ilk qadamni tashladilar.
✅ Xulosa: Qiyin paytlarda ham ijodkor bo‘ling va imkoniyatlardan maksimal foydalaning!
Marketing oʻzbek tilida —
@marketingbolimi