Смотреть в Telegram
Bir kishi aytadi: "Bir kuni men boltamni yo‘qotib qo‘ydim. Menga qo‘shnim boltani o‘g‘irlagandek tuyuldi. Gumonimni tasdiqlash uchun uni diqqat bilan kuzatdim. Uning yurishi xuddi boltamni o‘g‘irlagan odamning yurishiday ko‘rindi. Gapirish tarzi ham, hamma harakatlari boltamni o‘g‘irlagan kishining harakatidek tuyulaverdi. O‘sha kecha bolta qayg‘usida uyqum kelmadi, tuni bilan uyg‘oq qolib, qo‘shnimni o‘g‘ri ekanligini qanday qilib aniqlasam ekan, deb o‘ylanib chiqdim. Erta tongda tursam boltam topilib qoldi. Kichik o‘g‘lim boltani ustiga po‘stinni tashlab qo‘ygan ekan. Keyin qo‘shnimga qarasam, u boltamni o‘g‘irlagan odamga o‘xshamay qoldi. Na yurishi, na gapirishi, na boshqa hatti-harakatlari boltani o‘g‘irlagan kishinikiga o‘xshamaydi. U ko‘zimga butunlay beayb, begunoh odam bo‘lib ko‘rindi. Shundagina tushundimki, aslida mening o‘zim o‘g‘ri ekanman. Qo‘shnimning beozorligi va ishonchini o‘g‘irlab, uning sha’niga dog‘ tushirdim. Qolaversa, o‘z hayotimdan bir kechani o‘g‘irladim, uni begunoh odamni ayblash yo‘lini axtarish bilan o‘tkazdim. Ichidan bulg‘angan odam atrofida toza, begunoh insonlar borligini tushunib yetmas ekan... 👉@yordamchi_psixolog
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств