#bu_muhim🔹 “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini
“Atrof-muhitni asrash va “yashil" iqtisodiyot yili"da amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi va uni tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihalari ishlab chiqilib,
keng jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi. 🔹Davlat dasturi loyihasida
5 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha 2025-yil uchun amaliy chora-tadbirlar, normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati va maqsadli ko‘rsatkichlar nazarda tutilmoqda.
🔹 Loyihada atrof-muhitni asrash va
“yashil iqtisodiyot” masalalari, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy, davlat boshqaruvi, sud-huquq, xavfsizlik va tashqi siyosat yo‘nalishlarida 2025-yilga mo‘ljallangan keng ko‘lamli islohotlar nazarda tutilgan.
🔹 Loyiha
2025-yil 22-yanvarga qadar keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan o‘tkaziladi.
🔹 “Taraqqiyot strategiyasi” markazi barcha yurtdoshlarimizdan 2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etib, o‘z takliflarini Markazning maxsus
uzbekistan2030.uz onlayn portali orqali bildirishlarini so‘raydi.
😄 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati——————————————————————————————
🌐 Veb-sayt ✉️ Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 🌐 Youtube