“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari Akobir Toʻxtayev “Ta’lim homiysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Prezidentimiz tomonidan maktab taʼlimini rivojlantirish biz uchun buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylanishi zarur degan muhim gʼoya ilgari surilgan.
“Oʼzkimyosanoat” АJda ham ushbu gʼoyani hayotga tatbiq etish yuzasidan xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Oʼzkimyosanoat” AJ homiyligida Fargʼona viloyati Qoʼqon shahrida joylashgan 19-maktabni toʼliq taʼmirlash va jihozlash ishlari olib borildi.
Bundan tashqari “Oʼzkimyosanoat” AJ tomonidan taʼlim muassasalaridagi kimyo va biologiya sinf xonalari hamda ularning laboratoriyalarini taʼmirlash, jihozlash va oʼquvchilar uchun zarur-shart-sharoitlarni yaratish kabi saʼy-harakatlar doimiy amalga oshirib kelinmoqda.
😀 Xalq taʼlimi tizimiga koʼrsatilayotgan eʼtiborni eʼtirof etgan holda, “Oʼzkimyosanoat” АJ boshqaruvi raisining birinchi oʼrinbosari Аkobir Toʼxtayevga Oʼzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining “Taʼlim homiysi”koʼkrak nishoni topshirildi.
😄 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati
——————————————————————————————
🌐 Veb-sayt ✉️ Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 🌐 Youtube