Смотреть в Telegram
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish — davr talabi 💬 Toshkent davlat agrar universitetida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilot va muassasalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar, davlat tilini joriy qilish borasidagi faoliyatni jamoatchilik asosida tashkil etishga mas’ul etib belgilangan xodimlar uchun amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. 💬 Seminarda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tizimidagi tashkilotlar hamda hududiy boshqarmalarda jamoatchilik asosida ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda davlat tilini joriy qilish bo‘yicha mas’ul etib belgilangan 17 nafar xodimlar ham ishtirok etdi. 👫 Mazkur seminarga taklif etilgan bir qator soha mutaxassislari tashkilot va muassasalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar borasidagi faoliyatni rejalashtirish, ularni tizimli ravishda o‘tkazish va natijadorligini oshirishning o‘ziga xos jihatlari, kasbiy faoliyatda va targ‘ibot ishlarida notiqlik mahorati va kommunikativ kompetentlik mavzularida taqdimotlar o‘tkazishdi. Seminar davomida soha xodimlari o‘zaro tajriba almashib, joriy etilgan va rejalashtirilayotgan yangiliklardan xabardor bo‘lishdi. Ishtirokchilar sohaning yetuk mutaxassislariga o‘z kasbiy faoliyatlariga oid qator savollar bilan murojaat qilishdi. Shu bilan birga, mavjud muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha ham fikr almashildi. 🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств