Dollar
chunki qimmatlamoqda (kuchaymoqda).
- bozorda davlat xarajatlari, defitsit oshishi kutilmalari oshmoqda, bu ikkala nomzod prezident bo'lsa ham kutilgan edi. Fiskal xarajatlar oshishi inflyatsion bosimni oshiradi. Markaziy bank inflyatsiyani jilovlash uchun stavkalarni yana oshirishga majbur bo'ladi degan kutilma bor. Foiz stavka oshgani dollarni jozibaliroq qiladi, masalan tashqaridan investitsiya uchun
- bozorda tariflar oshishi kutilmalari oshdi. Trampning asosiy iqtisodiy
dasturi shu edi. Uni qanchalik amalga oshira oladi, bu boshqa masala, lekin fakt shundaki tarif oshish kutilmasi oshdi. Avvalambor, tariflar oshishi, importga cheklov dollarga talabni oshiradi. Ikkinchidan, tariflar oshishi yana o'sha inflyatsion bosimni oshiradi, narxlar oshish kutilmasi bor - bu esa foiz stavka oshish kutilmasini oshiradi. Avvalgi punktdagi kabi bu dollarga talabni oshiradi.
@uzbekonomics