⚡“O‘ztransgaz” manfaatlar to‘qnashuvi aniqlangan 5 kontragent bilan shartnoma tuzmadi
2024-yil davomida “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar kengaytirildi. Barcha shartnomalarga manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish bo‘yicha shartlar kiritilib,
61 kontragent tekshirildi. Tekshiruvlar davomida manfaatlar to‘qnashuvi aniqlangan
5 kontragent bilan shartnomalar tuzilmagan.
Bu haqda O‘zAga jamiyatning komplayens-nazorati bo‘limi boshlig‘i Jahongir Xolmirzayev ma’lum qildi.
Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz