Shakardan shirin, foydali va shifobaxsh o‘simlik — steviya🌱 Insoniyatga
XV asrdan buyon ma’lum bo‘lgan, dunyo bozorida xaridorgir mahsulot hisoblangan svetiya o‘simligi
1986-yildan buyon yurtimizda ham yetishtirib kelinadi.
🔘Bu o‘simlik
shakarga nisbatan 150 barobar shirinligi bilan ajralib turadi. O‘simlikni qayta ishlashdan olinadigan rebadiozid moddasi bilan esa
300 barobargacha shirin hisoblanadi.
🔘Shakarning o‘rnida iste’mol qilish uchun muqobil tanlov bo‘lgan ushbu mahsulot:
– immunitetni oshirish;
– qandli diabetni davolash;
– miya qobig‘ini tetiklashtirish;
– moddalar almashinuvini yaxshilash;
– me’da-ichak yo‘llari faoliyatini ham yaxshilash;
– shakardan farqli ravishda tanadagi ortiqcha yog‘larni parchalash kabi bir qator foydali xususiyatlarni o‘z ichiga oladi.
🔘Qolaversa, o‘simlik barglari va yosh poyasidan tayyorlangan damlama hamda spirtdagi eritmasi
bosh og‘rig‘i, gripp, O‘RVI, shuningdek xotin-qizlarda uchraydigan
ayrim xastaliklarni davolashda qo‘llaniladi.
🌲 Ko‘rinishidan yalpizni eslatib yuboradigan ushbu o‘simlikni
nafaqat dala, balki uy sharoitida ham yetishtirish mumkin.
📱WWW 📱Facebook 📱Instagram 📱Telegram 📱Youtube